22 may 15:37
Yangiliklar

Konor Makgregor: Urush hali tugagani yo'q!
Irlandiyalik jangchi Floridada biznes-trener Toni Robinsga intervyu berar ekan, o'sha jangdagi xatolarini sanab berishga ham o'zida kuch topa oldi.
"Toni, ishon, hali urush yakunlangani yo'q. Agar takroriy jang o'tkazilmas ekan, bu mening aybim bo'lmaydi. Xabib va uning jamoasi revanshdan qochyapti. Men esa oktagonga chiqishga hamisha tayyorman.
Men o'z xatolarimni bilaman. Eng katta kamchligim jangga ruhiy tomondan etarlicha tayyorgarlik ko'ra olmaganim bo'lgan. Miyam oktagondan tashqari narsalar bilan band edi. Keyin oyog'imdan olgan jarohat ham pand berdi. Jarohat sabab mashg'ulotlarda yugura olmasdim. Yugurmaganingizdan keyin vazn oshib ketadi. Vazn tashlayman deb 48 soat uxlamadim.
Lekin bu gaplar hozir kimga qiziq? O'zimni xuddi oqlagandek bo'lib qolaman. Ammo, men bilgan haqiqatlar aslida shu. Keyin Xabibning omadi ham keldi", - dedi Konor.
Fikrlar