20 iyu 09:18
Yangiliklar

Konor Makgregorni mag'lub etgan UFC jangchisi faoliyatini yakunladi
Bunday qarorga u yakshanba tongida Abu-Dabida o'tgan UFC Fight Island 2 turniri doirasida Yoel Alvaresdan qabul qilib olgan mag'lubiyat sabab bo'ldi. Bu uning faoliyatidagi ketma-ket uchinchi mag'lubiyat edi.
"Butun hafta davomida ko'plab qo'llab-quvvatlovchi tabriklarni qabul qildim. Hammaga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Uzoq yillik MMAdagi faoliyatim, u erda olgan tajribamdan minnatdorman. Hamma narsaning yakuni bor. O'z vaqtida ketish haqida qaror chiqarish ham mardlik hisoblanadi. Ayrimlar ishlari o'xshamasa ham pul uchun jang qilib yuraveradi. Yoel Alvaresni g'alaba bilan tabriklayman va o'z o'rnida UFCga ana shu jangni tashkil etib bergani uchun rahmat aytaman. Muxlislardan so'nggi mag'lubiyatlar uchun uzr so'rayman", — deya Instagram sahifasida xabar qoldirgan 32 yoshli Daffi.
Eslatib o'tamiz, Daffi Konor Makgregorni 38 soniyada mag'lub etishga muvaffaq bo'lgan edi.
Fikrlar