27 sen 12:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor Makgregorning qachon va kimga qarshi jang o'tkazishi malum
Aralash qoidalar bo'yicha yarim engil vazn toifasida UFC chempioni irlandiyalik Konor Makgregorning qachon va kimga qarshi jang o'tkazishi malum bo'ldi.
Mashhur jangchi 12 noyabr kuni UFC 205 shousi doirasida Eddi Alvaresga qarshi jang o'tkazadi. Konor ikki vazn toifasida jahon chempioniga aylanishi mumkin. Boisi, Alvares engil vazn toifasida jahon chempioni hisoblanadi.
Ikki chempion o'rtasidagi jang 12 noyabr kuni AQSHning Nyu-York shahrida bo'lib o'tadi. Bu malumotni bugun UFC tashkiloti rahbari Dana Uayt ham tasdiqladi. 32 yoshli Alvares shu yili Rafael dos Anosni nokautga uchratib, chempionlik kamarini qo'lga kiritgan edi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar