11 iyu 10:58
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor UFC 249 turnirida Xabibning o'rniga jang qilishni istamagan ekan
UFC prezidenti Dana Uayt Konor Fergyuson - Nurmagomedov jangi uchun zaxira varianti bo'lganligi haqida gapirdi.
"Konor Getji bilan jang qilishni istaydi. Lekin Jastin g'alaba qozonib, Xabibga qarshi oktagonga chiqish huquqini qo'lga kiritdi. Konorda UFC 249 turnirida Xabib yoki Tonini o'rnini egallash imkoniyati bo'lgandi.
U o'shanda: "Men zaxira jangchisi emasman, bunday qilmayman" degandi. Agar u o'sha jangni qabul qilganida, yaxshi holatda bo'lardi. Biroq, bu ishni Getji amalga oshirdi va endi u Xabib bilan jang qiladi", - dedi Uayt.
Havola :
Manba : Sports.ru
Fikrlar