09 apr 13:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Konor Xabibga "tosh" otdi, keyin fikrini o'chirib tashladi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor “Twitter” sahifasida Xabib Nurmagomedovni kamsitishga harakat qildi.
Konor o'z "posti"da barcha UFC yulduzlarini maqtab o'tgan, lekin Xabibga kelganda uni suv parisiga o'xshatgan. Xabar joylanganidan biroz vaqt o'tib, Konor yozganlarini o'chirib tashlagan.
Eslatib o'tamiz, Konor va Xabib o'rtasidagi nizo ancha vaqtdan beri davom etib kelmoqda.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar