26 noy 07:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Konorning oktagonga qaytishi kechiktiriladi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregorning yanvardagi qaytishi katta ehtimol bilan amalga oshmaydi.
Konor 18 yanvar kuni Donald Serronega qarshi UFC 246 turnirida ishtirok etishi lozim edi, lekin tashkilotchilar UFC 246 turnirini saralangan turnir qatoridan chiqarib, uning o'rniga UFC 247 kechasini saralangan turnir qilishmoqchi.
Bu UFC 246 PPV, yani pullik translyaciya bo'lmaydi, degani. Agar amalda ham shunday bo'lib chiqsa, Konorning oktagonga qaytishi ortga suriladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar