08 avg 17:44
Yangiliklar
Korme Carukyan va Oliveyra o'rtasidagi jang bekor qilinganini tasdiqladi
Bu haqda UFC sharhlovchisi Daniel Korme malum qildi.
"Rostini aytsam, yigitlar, Arman Carukyan menga Abu-Dabida navbatdagi raqibi Oliveyra bo'lishini aytgandi. BMF kamari tikilmagan holda. Ular Oliveyra bilan Los-Anjelesda jang qilishlari kerak edi. Arman menga shunchaki jang qilishda davom etib, o'z davolarini shubhasiz qilmoqchi ekanligini, chunki chempionlik imkoniyatini qo'lga kiritishni istayotganini aytgandi.
Albatta, juda afsuslanarli holat, chunki biz Carukyan va Oliveyra o'rtasidagi revansh jangini jon deb ko'rgan bo'lardik. Ammo, CHarlzning jamoadoshi vafot etdi. Menimcha, aynan shu sababli biz bu jangni ko'rmaymiz. Malumki, Oliveyra va uning jamoasidagi barcha yigitlar juda yaqin. SHuning uchun, o'ylaymanki, aynan shu sababli CHarlz bilan jang bo'lib o'tmaydi", — dedining sobiq ikki vazn toifasidagi UFC chempioni o'zining YouTube kanalidagi videoda.
Avvalroq, engil vazn toifasida Arman Carukyan va Maurisio Ruffi o'rtasidagi besh raundlik jang 19 sentyabr kuni Los-Anjelesda bo'lib o'tadigan UFC 331 turnirining ikkinchi asosiy voqeasi sifatida elon qilingan edi. Undan bir necha kun oldin esa Oliveyraning do'sti va jamoadoshi Allan Nasimentoning vafot etgani malum bo'lgandi.

Fikrlar