21 mar 22:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Koronavirus sabab qilingan hazil bokschini reysdan qoldi
Ikkinchi o'rta vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni Billi Jo Sonders birinchi yarimo'rta vazn toifasi chempioni Josh Teylor va uning murabbiyi Ben Devison bilan jiddiy hazillashdi.
Ushbu hazil bokschi va murabbiyni samolyot reysidan echilishiga olib kelgan.
SHotlandiyalik bokschi Delta Airlines aviakompaniyasiga qo'ng'iroq qilib, Teylor va Devison koronavirus bilan kasallanganligi haqida xabar beradi. Buning natijasida bokschi va murabbiyga samolyotga chiqishga ruhsat berishmadi.
Sondersning ushbu hazili Josh va Benga u qadar yoqqani yo'q. Ular bu orqali katta muammolarga uchraganliklarini aytishdi. Sonders esa haqiqatdan ham Teylor va Devisonda koronavirus alomatlarini sezganini aytib, o'zini oqladi va uzr so'radi.
Eslatib o'tamiz, Billi Jo Sonders 2 may kuni Saul Alvaresga qarshi jang qilishi lozim edi. Ammo, koronavirus sabab ushbu jang iyun oyiga qoldirildi.
Havola :
Manba : Mirror
Fikrlar