03 avg 17:30
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/16875_220.jpg)
Kotto: "31 dekabr mening boksdagi so'nggi kunim bo'ladi"
To'rtta vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni Migel Kotto shu yil boksdagi faoliyatini yakunlash istagida.
26 avgustda u yaponiyalik Yosixiro Kamegaiga qarshi jang qiladi. Ushbu to'qnashuvdan so'ng u shu yil hisobidan yana bir marotaba ringga chiqishni rejalashtirmoqda.
"Boksdan zavqlandim. Bu yil mening boksdagi so'nggi yilim. Endi boshqa ishlar bilan shug'ullanish vaqti keldi. 2017 yilning 31 dekabri Migel Kottoning professional bokschi sifatidagi so'nggi kuni bo'ladi", - deydi Kotto.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar