12 okt 08:55
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/20705_220.jpg)
Kotto va Ali o'rtasidagi jang rasman tasdiqlandi
Ikkinchi yarim o'rta vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni amerikalik Migel Kotto (41-5, 33 KO) 2 dekabr kuni hamyurti Sadam Ali (25-1, 14 KO) bilan ringda to'qnash keladi.
Bu malumot WBO tashkiloti rasmiy sayti tomonidan ham rasman tasdiqlandi. Avvalroq, Kottoning raqibi David Leme bo'lishi xabar qilingandi.
Malumot uchun, Kotto va Ali o'rtasidagi jang Nyu-York shahridagi muhtasham Medison-Skver-Garden arenasida bo'lib o'tadi. Aynan mana shu jangdan so'ng Migel Kotto faoliyatiga rasman yakun yasaydi.
Havola :
Manba : WBO
Fikrlar