27 may 18:03
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/13417_220.jpg)
Kovalev - Uord. Revansh jangi referisi malum
Professional boksning yarim og'ir vazn toifasida WBO, WBA va IBF yo'nalishlari chempioni amerikalik Andre Uord (31-0, 15 KO) hamda sobiq jahon chempioni rossiyalik Sergey Kovalev (30-1-1, 26 KO) o'zaro revansh jangida ringga ko'tarilishadi.
Ushbu chempionlik jangi 17 iyun kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi. Nevada shtati Atletik komissiyasi revansh jangida referilik qiladigan hakamlar nomini oshkor etdi.
Unga ko'ra, konnektikutlik Glenn Feldman, nevadalik Deyv Moretti va Nyu-Jersi vakili Stiv Ueysfild orziqib kutilayotgan chempionlik jangida hakamlik qilishadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar