17 iyu 11:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Kovalev va Uordning vazni bir xil chiqdi
Bizning vaqt bilan ertaga tong saharda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tadi.
Oqshomning markaziy jangida yarim og'ir vazn toifasining WBA (Super), WBO hamda IBF yo'nalishlari chempioni amerikalik 33 yoshli Andre Uord ushbu titullarning sobiq egasi rossiyalik 34 yoshli Sergey Kovalevga qarshi ringga ko'tariladi.
Ananaga ko'ra jang oldidan bokschilarni tarozidan o'tkazish marosimi bo'lib o'tdi. Bokschilar belgilangan vazn meyorini bajarishdi. Ikkala bokschi ham bir xil - 79,4 kg tosh bosishdi.
Havola :
Fikrlar