14 iyu 14:14
Yangiliklar
Boks/MMA

Kovalyov AQSH fuqaroligini olishi haqidagi xabarni inkor etdi
Professional boksning yarim og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Sergey Kovalyov (30-1-1, 26 KO) AQSH fuqaroligini olishi haqida tarqatilgan xabarlar asossiz ekanligini malum qildi.
Xabarlarda WBA, WBO va IBF yo'nalishlarida sobiq jahon chempionining hozirgi chempion amerikalik Andre Uordga qarshi o'tkazadigan revansh jangidan oldin AQSH fuqaroligini qabul qilish istagida ekanligi aytilgandi.
“Bu yolg'on malumot. Ochig'i, matbuotda tarqatilgan bu xabarni o'qib, o'zim hayron bo'ldim. SHuni rasman aytamanki, men AQSH fuqaroligini qabul qilmadim va bunday niyatim ham yo'q”, - dedi Kovalev.
Eslatib o'tamiz, Kovalyov - Uord jangi 17 iyun kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi. SHanba oqshomida o'tkaziladigan jang revansh maqomida bo'ladi.
Havola :
Fikrlar