28 iyu 10:30
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/14950_220.jpg)
Kovalyov vazn toifasini o'zgartirishga yaqin
Yarim og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Sergey Kovalyov (30-2-1, 26 KO) vazn toifasini o'zgartirishga yaqin turibdi.
“Katta ehtimol bilan vazn toifamni o'zgartirsam kerak. Keyingi jangnimni birinchi og'ir vaznda o'tkazaman. Har safar jang oldidan 10-11 kg vazn tashlash men uchun qiyin bo'lyapti”, - dedi Kovalyov.
Rejaga ko'ra, rossiyalik bokschi navbatdagi jangini noyabr oyida o'tkazadi. Kovalyov vaznini ko'tarmoqchi bo'layotgan vaznning WBO yo'nalishida ukrainalik Aleksandr Usik jahon chempioni hisoblanadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar