25 noy 12:25
Yangiliklar
Futbol
Krishtianu Ronalduni sudga berishdi
Saudiya Arabistoni "Al Nassr" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Angliyada kosmetik xizmatlarni to'lamaganligi uchun sudga tortildi.
Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
Kosmetolog Roshan Ravindranning takidlashicha, portugaliyalik futbolchi 2021-2022 yillarda "Manchester Yunayted"da o'ynagan vaqtida olgan davolanish xizmatlari uchun pul to'lamagan.
Manbaga ko'ra, gap 40 ming funt haqida ketmoqda. Endi Manchester sudi ushbu ish bo'yicha ish ochadi. Agar sud Ronalduni aybdor deb tan olsa, portugaliyalik futbolchi ushbu summani Roshan hisobiga o'tkazib berishi lozim bo'ladi.
Havola :
Fikrlar