15 dek 12:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Krouford - Kavalyauskas jangi to'qqiz raund davom etdi
Nyu-York shahridagi “Madison Square Garden” arenasida boks kechasi yakunlandi.
Kechaning markaziy jangida yarim o'rta vazn toifasida WBO kamari sohibi Terens Krouford Egidiyus Kavalyauskasga qarshi jang olib bordi. Jangning to'qqizinchi raundida chempion raqibini nokaut qilishga erishdi.
SHu tariqa, yaqindagina Toshkentga kelib ketgan Terens Krouford faoliyatidagi 36-jangidagi 36-g'alabasiga erishdi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar