02 dek 09:26
Yangiliklar
Boks/MMA

Kubalik King Kong navbatdagi jangini o'tkazdi
Professional boksning superog'ir vazn toifasida jahon chempionlik kamari uchun sobiq davogar Luis Ortis navbatdagi jangini o'tkazdi.
Kubalik 39 yoshli King Kong Ortis amerikalik Trevis Kauffmanga qarshi ringga ko'tarildi. O'n raundga mo'ljallangan jang aynan o'ninchi raundda yakunlandi.
Los-Anjelesda o'tgan jangda uch marotaba nokdaun holatiga tushib qolgan Kauffman so'nggi raundning ilk daqiqasida o'z mag'lubiyatini tan olishdan o'zga chora topa olmadi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar