16 may 14:49
Yangiliklar
Kubalik voleybolchi Rossiyadan ketmoqda, uni "maymun" deb haqorat qilishgandi
Bu haqida jamoa direktori Valentina Ogienko malumot qildi, uning ketishi sababi elon qilinmayapti. Voleybolchining o'zi ham ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali muxlislarga murojaat qildi.
"Uralochka"ga mana shunday buyuk klubda o'ynash imkoniyatini bergani uchun rahmat, qizlarga ham birgalikda o'tkazgan damlarimiz uchun, muxlislar qo'llab-quvvatlaganlari uchun rahmat.
Ishonchim komil, bu kunlarni unutmayman. Bu doimo qalbimda qoladi", - deb yozdi kubalik voleybolchi.
O'tgan haftada Montalvo Rossiya chempionatida kumush medalga sazovor bo'ldi. Final seriyasi raqiblar bosh murabbiyi Andrey Voronkov sabab janjal bilan yakunlandi.
Murabbiy taym-autlardan birida "Nima uchun manavi maymunni ushlayapsan?" degan. Montalvo esa "Uralochka" safidagi yagona qora tanli voleybolchi edi. Voronkovning o'zi ushbu so'zlariga izoh bermagan.
Fikrlar