09 may 10:54
Yangiliklar
Qilichbozlik
Kuchli mushketyorlar aniqlandi FOTOGALEREYA
Poytaxtimizdagi “Qilichbozlik majmui” zalida 2003 va undan keyingi yillarda tug'ilgan sportchilar o'rtasida “9 may - Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan ochiq turnir bo'lib o'tdi.
Musobaqada 250 nafardan ziyod sportchi ishtirok etdi. SHamshir yo'nalishida qoraqalpog'istonlik sportchilar Gulbanu Esemuratova va Fazilbek Genjebaev shohsupaning eng yuqori pog'onasidan joy egalladi.
Rapira yo'nalishida andijonlik qilichbozlar Marjona Usmonova va Muhammadyusuf Asranovlarga teng keladigan raqib topilmadi.
SHpaga yo'nalishida esa poytaxtlik Sevara Rahimova hamda buxorolik Avezbek Naimov tengdoshlaridan ustun kelib, oltin medalga sazovor bo'lishdi.
Musobaqa yakunida g'olib va sovrindorlar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.
Alimurod Mamadaminov olgan suratlar
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar