19 may 17:56
Yangiliklar
Boks/MMA

Kuchli to'lqin mashhur restlerni okean domiga tortib ketdi
Amerikalik mashhur restler SHed Gaspard bedarak yo'qoldi deb xabar bermoqda TMZ.
Nashr xabariga ko'ra, 17 may kuni 39 yoshli restler Los-Anjelesdagi okean sohili bo'yida turmush o'rtog'i va 10 yashar o'g'li bila xordiq chiqarayotgan bo'lgan. Gaspard, o'g'li va bir guruh odamlar suvda cho'milishayotganda kuchli to'lqin ularni suv domiga tortib ketgan.
Qutqaruvchilar suvda Gaspardni topishgan, lekin u birinchi navbatda o'g'lini qutqarishni so'ragan. O'g'lini qirg'oqqa olib chiqqan qutqaruvchilar restlerning o'zini topa olishmagan. O'shandan beri sportchini hech kim ko'rmagan. Los-Anjeles qutqaruv xizmati Gaspard cho'kib ketganini aytmoqda.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar