04 iyu 10:55
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/13786_220.jpg)
Kudryashev Durodolani nokautga uchratib, 2 yil avvalgi mag'lubiyat uchun revansh oldi
Rossiyaning Rostov-na-Donu shahrida professional boks kechasi bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangi og'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda rossiyalik bokschi Dmitriy Kudryashov nigeriyalik Olanrevaji Durodolaga qarshi ringga ko'tarildi. Kudryashov faoliyatidagi yagona mag'lubiyatini 2015 yili aynan Durodoladan qabul qilib olgandi.
Bu safar Dmitriy ikki yil avvalgi o'sha mag'lubiyat uchun munosib tarzda revansh oldi. Kudryashov to'rtinchi raundda raqibini nokdaunga uchratdi. Beshinchi raundda holat yana takrorlandi. CHap qo'lda berilgan kuchli xuk zarbasidan so'ng jang to'xtatildi.
Texnik nokaut evaziga qozonilgan g'alaba evaziga Dmitriy Kudryashov og'ir vazn toifasida WBC Silver chempionlik kamarini qaytarib oldi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar