21 mar 08:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Kudryashov - Fayfer jangi bekor qilindi
Koronavirus pandemiyasi sabab bekor bo'layotgan musobaqalar, boks janglari soni ortib boryapti.
Jumladan, birinchi og'ir vazn toifasida jahon chempionlik kamari uchun sobiq davogar Dmitriy Kudryashov ishtirokidagi jang ham bekor qilindi. Rossiyalik bokschi 8 may kuni Rostov-na-Donu shahrida vatandoshi Ruslan Fayferga qarshi ringga chiqishi lozim edi.
Eslatib o'tamiz, Dmitriy so'nggi jangini 2019 yilning dekabr oyida o'tkazgan va o'shanda Vaclav Peysarni qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratgan edi. O'sha jangda Kudryashovning g'alabasini taminlagan ikki hakam keyinchalik chetlatilgandi. O'z o'rnida Fayfer so'nggi jangida Yuriy Kashinskiydan ustun kelgan.
Havola :
Fikrlar