10 mar 13:16
Yangiliklar
Velosport
Kuskova "Vetnam turi"da yana bir bor shohsupaga ko'tarildi
Vetnamda bo'lib o'tayotgan veloshosse bo'yicha "BIWASE Tour of Vietnam" musobaqasidan yana bir xushxabar.
O'zbekiston ayollar terma jamoasi azosi Yanina Kuskova kechagi poygada tengsiz ekanligini isbotladi.
50 km masofaga kriterium (guruh poygasi) dasturida Kuskova har bir finishni o'z foydasiga hal qildi. Asosiy 10-aylanadagi finishda ham Yanina katta ustunlik bilan marraga birinchi bo'lib etib keldi.
Eslatib o'tamiz, hamyurtimiz 110 km masofada o'tgan Women Elite poygasida uchinchi o'rinni band etgan edi. Ushbu xalqaro turnirdagi sovrinli o'rinlar velopoygachilarga qimmatli UCI ochkolarini keltiradi.



Havola :
Manba : velosport.uz
Fikrlar