02 apr 16:51
Yangiliklar
Velosport
Yanina Kuskova "Tour of Thailand" turniri shohsupasidan joy oldi
Velosport bo'yicha O'zbekiston ayollar terma jamoasi Tailandda davom etayotgan "Tour of Thailand" musobaqasida o'z ishtirokini davom ettirmoqda.
Velosportning shosse yo'nalishida o'tayotgan 2-bosqich poygasida Yanina Kuskova faxrli ikkinchi o'rinni egalladi. 109.4 km masofada o'tgan poygada hamyurtimiz xitoylik Jin CHenhongdan so'ng marrani ikkinchi bo'lib bosib o'tdi. Kuchli uchlikni esa Vetnam terma jamoasi azosi Nguen Thi yakunlab berdi.
Malumot uchun, musobaqada hamyurtlarimiz Yanina Kuskova, Mohinabonu Elmurodova, Viktoriya Polzunova, Madina Qahhorova hamda SHahnoza Abdullaevalar vatanimiz sharafini himoya qilishmoqda.







Havola :
Manba : velosport.uz
Fikrlar