22 iyu 08:12
Yangiliklar

Kutganmidingiz? Mayk Tayson vs Roy Jons jangi o'tkaziladi
Temir Mayk mashg'ulotlarda kamida 20 yil avvalgi tezligini namoyish etmoqda. Afsona to'rtta vaznda sobiq jahon chempioni Roy Jons bilan jang qilish istagini bildirgan. Bokschilar shartnoma bandlari bo'yicha kelishib ham olishgan.
Xabarda aytilishicha, amerikalik boks afsonalari o'rtasidagi jang hafta so'nggiga qadar rasman elon qilinadi. Super jangning sentyabr oyida AQSHda o'tkazilishi va 8 raunddan iborat bo'lishi aytilmoqda.
Malumot uchun, Roy Jonsning boksdagi faoliyati 1989-2018 yillar oralig'iga to'g'ri keladi. U bu vaqt ichida o'rta, ikkinchi o'rta, yarim og'ir hamda og'ir vazn toifalarida jahon chempioni bo'lgan. Mayk Tayson esa 1985-2005 yillar oralig'ida superog'ir vaznda ringga chiqqan.
Fikrlar