01 sen 01:15
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/83375_220.jpg)
Kutilmagan natija! Maykl Zerafa Jeff Xornni nokautga uchratdi
Avstraliyaning Bendigo shahrida professional boks kechasi tashkil etildi.
Oqshomning markaziy janglaridan biri o'rta vazn toifasida o'tkazilib, unda mezbon bokschilar – 27 yoshli Maykl Zerafa 31 yoshli sobiq WBO chempioni Jeff Xornga qarshi ringga ko'tarildi.
Yodingizda bo'lsa, Xorn afsonaviy Menni Pakyaoni mag'lub etish orqali mashhurlikka erishgandi. Ikkinchi raunddayoq Xorn nokdaun holatiga tushib qoldi. Jang to'qqizinchi raundda to'xtatildi. Referi sanoqni sanab bo'lguniga qadar Xorn o'rnidan ko'tarilmadi. Zerafa muddatidan avval g'alabaga erishdi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar