30 noy 16:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Kutilmagan xabar! Saul Alvares WBA kamaridan voz kechdi
To'rtta vazn toifasida jahon chempioni Saul Alvares ikkinchi o'rta vazn toifasidagi WBA kamarini vakant, yani egasiz qoldirdi.
Bu haqida Boxingnews24 sayti xabar berdi. Meksikalik jahon chempioni bu kamarini 2018 yilning dekabr oyida britaniyalik Rokki Fildingani nokautga uchratgach qo'lga kiritgan edi. O'shandan beri Saul "Kanelo" chempionlik kamarini himoya qilmagandi.
SHu tariqa, Kaneloda uchta chempionlik kamari qoldi - o'rta vaznda WBC Franchise va WBA, yarim og'ir vaznda WBO! Alvares so'nggi jangini 2 noyabr kuni o'tkazgan va o'shanda u Sergey Kovalyovdan yarim og'ir vazndagi WBO kamarini tortib olgan edi.
Havola :
Fikrlar