26 fev 08:35
Yangiliklar

Kvitovaning bir yarim yillik tanaffusdan keyin qaytishi omadsiz bo'ldi
Reytingi yo'q chexiyalik tajribali tennischi Petra Kvitova bir yarim yillik tanaffusldan so'ng kortga qaytdi. U WTA reytingida 189-pog'onada borayotgan britaniyalik Jodi Anna Byorredjga imkoniyatni boy berib qo'ydi - 6/3, 4/6, 4/6.
Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi. Ikki soatu 29 daqiqa davom etgan bahsda Kvitova 6, Byorredj 14 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar ikkala tennischida ham keragidan ortiqcha bo'ldi - 12 ga 8. Har ikki tennischi ham 5 tadan breykdan unumli foydalangan.
Malumot uchun, Petra Kvitova o'tgan yilning iyul oyida o'g'il farzand dunyoga keltirgandi. U so'nggi uchrashuvida 2023 yilning oktyabr oyida o'tkazgandi. Endi Jodi Anna Ostin WTA 250 turnirining keyingi davrasida avstraliyalik Ayla Tomlyanovichga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar