19 noy 13:28
Yangiliklar
Futbol
KXDR - O'zbekiston uchrashuvini bizga yaxshi tanish hakam boshqaradi
Bugun JCH-2026 saralashi doirasidagi KXDR - O'zbekiston uchrashuvi bo'lib o'tadi.
KXDRga qarshi safar uchrashuvimiz Laos poytxati Ventyan shahrida o'tkazilishidan xabaringiz bor. Mazkur o'yinda kuvaytlik hakamlar brigadasi ishlaydi. Bosh hakam — Ahmad Al Ali. Unga yurtdoshlari Alanezi Abdulhadi va Abbos Ahmad yordam beradi. To'rtinchi rasmiy hakam — Ammar Ashkanani. VARda esa Abulloh Jamali faoliyat olib boradi.
Ahmad Al Ali sentyabr oyida Qirg'iz Respublikasiga qarshi safardagi o'yinda ham bosh hakam bo'lgan edi. KXDR — O'zbekiston uchrashuvi bugun bizning vaqt bilan soat 17:00 da “Lao” stadionida boshlanadi.
Havola :
Fikrlar