20 dek 08:55
Yangiliklar
Futbol
"Lans" Abduqodir Husanov bo'yicha "Manchester Siti"ga murojaat qildi
Franciyaning "Lans" klubi Abduqodir Husanovni yarim yilga ijaraga olish bo'yicha "Manchester Siti"ga taklif bilan chiqqan.
Bu haqda championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev o'z telegram kanalida shunday yozmoqda.
"Lans" klubi prezidenti Jozef Mari Ugurlyan "Manchester Siti" prezidentiga qo'ng'iroq qilib Abduqodir Husanovni yarim yilga ijaraga berishni so'ragan.
"Lans" ayni paytda Franciya chempionatida peshqadamlik qilmoqda. Klub Husanovni PSJ bilan raqobatda yordam berishini xohlagandi. Biroq "Siti" tomoni buning iloji yo'qligini malum qilgan", - deyiladi malumotda.

Havola :
Fikrlar