28 dek 16:03
Yangiliklar
Futbol
"Lans" etakchisini 15 mln evroga sotmoqda
1 yanvar kuni Evropada qishki transfer oynasi ochiladi.
Hamyurtimiz Abduqodir Husanov to'p tepayotgan Franciyaning "Lans" klubi jamoa sardori Bris Sambani sotmoqda.
Franciyaning boshqa bir jamoasi "Renn" 30 yoshli darvozabonning transferi borasida "Lans" bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda mashhur "L’Equipe" nashri xabar berdi. Transfer summasi 15 million evro atrofida bo'ladi. Samda yangi jamoasi bilan 2029 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolaydi.
Oldinroq "Lans"ning sobiq etakchisi, ayni paytda "Al Nassr" (S.Arabistoni) azosi hisoblangan Seko Fofana ham "Renn"ga o'tishi malum bo'lgan edi.
Havola :
Fikrlar