04 may 15:47
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/11971_220.jpg)
Lebedev 10 iyulda o'zidan 11 yosh kichik bokschiga qarshi ringga chiqishi mumkin
Professional boksning birinchi og'ir vazn toifasida WBA Super yo'nalishi chempioni Denis Lebedev o'zining navbatdagi jangini 10 iyul kuni o'tkazadi.
Ekaterinburg shahrida tashkil etiladigan boks oqshomidagi 37 yoshli rossiyalik bokschining raqibi katta ehtimol bilan WBA reytingida 9-o'rinni egallab turgan avstraliyalik 26 yoshli Mark Flanagan (22-4, 15KO) bo'ladi.
“Ayni paytda Flanaganning jamoasi bilan muzokara olib boryapmiz. SHuningdek, WBA tashkilotidan ham bu boradagi javobini kutyapmiz”, - dedi “Mir Boksa” promouterlik kompaniyasi ijrochi direktori Dmitriy Ivanov.
![](https://olamsport.com/upload/storage/11970_680.jpg)
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar