08 okt 14:13
Yangiliklar
Lionel Messi afsonaviy klubning faxriy azosiga aylandi
"Oltin to'p" 8 karra sohibining yutuqlariga bag'ishlangan tantanali marosim Buenos-Ayresda bo'lib o'tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati malum qildi.
Klub prezidenti Stefano Di Karlo hamrohligida yulduzli hujumchiga rasmiy faxriy azolik kartasi, esdalik nishoni hamda uning familiyasi va ramziy 10-raqam tushirilgan muqaddas "Manto Sagrado" libosi topshirildi.
Tadbir afsona xalqaro futbol bilan xayrlashgan "Monumental" stadionida bo'lib o'tdi. Klub rahbariyati sardorning Argentina sporti dovrug'ini oshirishga qo'shgan ulkan hissasini alohida etirof etib, futbolchi o'z ismini klub tarixi bilan mangu bog'laganidan faxrlanishini bildirdi.



Takidlash joizki, Messi yoshligida "Barselona"ga o'tishidan sal oldin "River Pleyt" akademiyasida ko'rikdan o'tgandi, "Monumental" stadioni maydoni esa ikki o'n yillik davomida hujumchi uchun Argentina terma jamoasi bahslaridagi asosiy baxtli maskan bo'lib qoldi.
Fikrlar