"O'tgan mavsumda "Lokomotiv"ning U-19 jamoasiga kelib qo'shilgan va tezda o'z qobiliyatlarini namoyish qilib, U-21 jamoasining asosiy futbolchilaridan biriga aylangan Maqsudxo'ja Aloxo'jaev "Lokomotiv" bilan professional shartnoma imzoladi.
2004 yilda tug'ilgan futbolchi o'tgan yil davomida U-21 jamoasi g'alabalarida, mavsumni 2-o'rinda yakunlashida o'zining munosib xissasini qo'shdi. Kecha u klub bilan 3 yillik shartnomaga imzo chekdi.
Yaqindagina Lazizbek Mirzaev ham "Lokomotiv" bilan professional shartnoma imzolagandi. Klub bu bilan to'xtab qolmaydi va yosh, umidli futbolchilar bilan ishlashda davom etadi!", – deb yoziladi klub bayonotida.
Fikrlar