18 avg 07:31
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/81701_220.jpg)
"Lo'li Qirol" Uaylderga qarshi revansh jangining aniq sana va manzilini elon qildi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri WBC chempioni Deontey Uaylderga qarshi o'tkaziladigan revansh jangining aniq sana va manzilini oshkor qildi.
Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan britaniyalik ESPN's Now or Never ko'rsatuvining jonli efirida bu malumotni keng ommaga elon qilgan.
Unga ko'ra, “Lo'li Qirol” 2020 yilning 22 fevral kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida Deontey Uaylderga qarshi takroriy revansh jangida ringga ko'tariladi. Bu bokschilarning o'tgan yilning 1 dekabr kuni o'tkazilgan ilk jangida durang natija qayd etilgan edi.
Eslatib o'tamiz, ikkala bokschi ham revansh bahsiga qadar bittadan jang o'tkazishadi. Tayson Fyuri 14 sentyabr kuni mag'lubiyatsiz odimlayotgan shveciyalik Otto Uallinga, Deontey Uaylder esa 23 noyabrda kubalik Luis Ortisga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar