17 may 13:19
Yangiliklar
Boks/MMA

"Lomachenko AQSHga kelsa, jang bo'ladi"
Engil vazn toifasida jahon chempionlari - Vasiliy Lomachenko va Teofimo Lopes shu yilning sentyabr oyida jang o'tkazishlari mumkin.
Bu haqida Top Rank rahbari Bob Arum malum qildi.
“Bu to'qnashuvni tezroq o'tkazish niyatidamiz. Teofimo Lomachenkoga qarshi tezroq ringga ko'tarilmoqchi. Jang AQSHda bo'ladi va bahs muxlislar ishtirokisiz tashkil etiladi. Bokschilar translyaciyadan yaxshigina pul ishlab olishlari mumkin. Agar Lomachenko AQSHga kela olsa, jangni sentyabrda tashkil qilamiz”,-dedi Arum.
Eslatib o'tamiz, avvalroq amerikalik bokschi Lomachenkoga qarshi jang bekor bo'lgani haqida malum qilgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar