03 sen 19:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko avgust oyining eng yaxshi bokschisi deb topildi
Engil vazn toifasida WBO, WBA va WBC yo'nalishlari chempioni Vasiliy Lomachenko yana bir bor xalqaro miqyosda etirof etildi.
Ukrainalik jahon chempioni Butunjahon boks tashkiloti (WBO) tomonidan avgust oyining eng yaxshi bokschisi deb topildi.
Eslatib o'tamiz, Vasiliy Lomachenko uch kun avval London shahrida britaniyalik Lyuk Kempbellga qarshi kechgan jangda o'z kamarlarini himoya qilish barobarida vakant bo'lib turgan WBC chempionlik kamarini ham qo'lga kiritgan edi.
Havola :
Fikrlar