28 avg 18:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko eng kuchli uch nafar bokschi nomini aytdi
Engil vazn toifasida ikki yo'nalish chempioni Vasiliy Lomachenko vazn toifasidan qati nazar jahonning eng kuchli uch nafar bokschisi nomini aytdi.
"Barcha chempionlarning alohida nomi bor. Men o'zimni vazn toifasidan qati nazar eng kuchli deb hisoblayman. Krouford o'zini, Saul Alvares ham o'zini eng kuchli deb hisoblaydi. Men esa Kroufordni ikkinchi, Alvaresni uchinchi o'ringa qo'yaman. Bizni nima bog'lab turadigan narsa - mag'lubiyatsiz faoliyat", - dedi Lomachenko.
Eslatib o'tamiz, Lomachenko 31 avgust kuni Londonda Lyuk Kempbellga qarshi jang qiladi.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar