05 avg 17:17
Yangiliklar
Boks/MMA
Lomachenko Garsiya bilan jang qilish uchun vaznini o'zgartirishga tayyor
Ikkinchi engil vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni Vasiliy Lomachenko Mayki Garsiyaga qarshi jang o'tkazish uchun vaznini o'zgartirishga ham tayyor ekanligini malum qildi.
"U Bronerga qari jangda juda yaxshi harakat qildi va g'alaba qozondi. Lekin, bu menga yoqmadi. O'sha jangda u charchab qoldi. Ahir to'qnashuv juda sekin o'tdi. Bunday vaziyatda qanday qilib charchash mumkin?
Unga qarshi jang qilish uchun vaznimni ko'tarishga tayyorman. Ushbu jangni istayapman. Lekin, muammo shundaki, men ESPNda, u esa Showtimeda jang qiladi. Mening shartnomam bor. SHuning uchun u bilan jang qila olmayman. U eng yaxshi bokschilardan biri. Sportimizda bunday jang kerak. Bu jang boks uchun yaxshi bo'ladi", - deydi ukrainalik bokschi.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar