01 avg 14:48
Yangiliklar
Boks/MMA
Lomachenko: "Garsiya-Broner jangi vaqtida uxlab qolishimga sal qoldi"
29 iyul kuni AQSHda WBC yo'nalishi engil vazn toifasi bokschilari Migel "Mayki" Garsiya va Edrien Bronorlar o'rtasida jang bo'lib o'tdi.
O'rtaengil vazn toifasi bokschisi Vasiliy Lomachenko ushbu jang zerikarli o'tganini takidlab o'tdi.
"Men jangni tomosha qildim. Mayki Garsiyaning murabbiyi unga "A" toifadagi jangchi ekanligini takidladi. Men uning ushbu jangda bunday bokschiga loyiq harakatlarini ko'rganim yo'q. To'g'ri, u g'alaba qozondi. G'alaba uchun qo'lidan kelgan barcha narsani qildi. Lekin, ajablanarli holatni kuzatganim yo'q. Deyarli uxlab qoldim", - deydi Vasiliy Lomachenko.
Havola :
Manba : Allboxing
Fikrlar