05 iyu 17:00
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko iloji boricha tezroq Salido bilan revansh o'tkazmoqchi
O'rtaengil vazn toifasida jahon chempioni Vasilik Lomachenko meksikalik Orlando Salido bilan tezroq revansh jangi o'tkazmoqchi ekanligiga shama qilib o'tdi.
"Agar biz tayyor bo'la turib, kutishda davom etsak, hayot tugab qoladi", - deya xabar qoldirgan Lomachenko.
Avvalroq, Vasiliy Lomachenko hamda Orlando Salidolar o'rtasidagi jang avgust oyida bo'lib o'tishi haqida xabar berilgan edi.
Bokschilar ilk marotaba 2014 yilning mart oyida jang o'tkazishgan va o'shanda ukrainalik bokschi faoliyatidagi ilk va hozircha yagona mag'lubiyatni qabul qilib olgandi.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar