13 avg 09:56
Yangiliklar
Boks/MMA
Lomachenko - Kempbell jangi chiptalari sotib bo'lindi
Engil vazn toifasida WBA va WBO yo'nalishlari chempioni Vasiliy Lomachenko hamda britaniyalik Lyuk Kempbell o'rtasidagi chempionlik jangiga chiqarilgan chiptalar bir zumda o'z egalarini topgan.
Ushbu chempionlik jangi 31 avgust kuni Buyuk Britaniyaning London shahridagi O2 arenada bo'lib o'tadi. Bu malumotni britaniyalik taniqli promouter, Matchroom Boxing kompaniyasi rahbari Eddi Xirn ham tasdiqladi.
Malumot uchun, O2 arenasi o'z bag'riga 20 000 tomoshabinni sig'dira oladi. Lomachenko va Kempbell vakant bo'lib turgan WBC chempionlik kamari uchun ringga ko'tarilishadi.
Havola :
Fikrlar