So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

31 avg 16:03
Yangiliklar

Boks/MMA

Lomachenko - Kempbell. "Oy jangi" uchun atalgan PREVYU

Bugun tunda Londondagi O2 arenasida engil vazn toifasida WBA, WBO kamarlari sohibi Vasiliy Lomachenko vakant bo'lib turgan WBC kamari uchun Lyuk Kempbellga qarshi bahs olib boradi.

Ikki karra Olimpiada chempioni boshqa bir Olimpiya o'yinlari g'olibiga qarshi jang qiladi. Lyuk butun dunyoni hayratga solib, chempionlik kamarlariga ega chiqishni istamoqda, Loma esa yana bir bor jahoning eng zo'ri ekanligini isbotlash uchun jang qiladi. Bu to'qnashuv so'zsiz yoz faslining eng qiziqarli jangi bo'ladi. Lyuk raqibiga nisbatan besh santimetr uzun, shuningdek qo'llar uzunligi borasida ham Lyukning imkoniyatlari baland. Ko'pchilikka Lyuk Vasiliydan yosh deb hisoblansa ham, har ikki bokschi ham tengdosh hisoblanadi. Kempbell va Lomachenko 31 yoshda. Bu sportchilar haqida qisqacha malumot edi. 

Endi bokschilarning jang uslubi haqida fikr bildirsak. Dastlab davogar Lyuk Kempbell haqida. Lyuk - harakatlanuvchi bokschilar qatoriga kiradi. U asosan raqiblariga jeb zarbalarini berishni yaxshi ko'radi yoki raqibning tanasiga ko'p zarba beradi. Kempbell raqiblarini himoyalanishga majbur qilishga harakat qiladi hamda asosan pancher bo'lib emas, balki ochko zarbalarini beradi. Lyuk asosan jangning ikkinchi qismida kuchli boks ko'rsatadi. 


Lomachenko esa birinchi navbatda juda ham aqlli jang qiladi. U juda tezkor hamda texnikasi mukammal bokschi. Loma so'zsiz tezlik borasida Lyukdan ustun. Loma ham Lyuk singari chapaqay. Lomachenko janglarda to'liq ustunlik qilishga intiladi hamda janglarni iloji boricha tezroq yakunlashga harakat qiladi. Ko'pchilik ekspertlarning fikricha, Lomachenko raqibini qiyinchiliksiz mag'lub etadi. To'g'ri Lyuk yaxshi bokschi, lekin Lomachenko eng zo'ri.

Eslatib o'tamiz, jang bugun tunda Toshkent vaqti bilan soat 01:30 dan so'ng boshlanishi rejalashtirilmoqda. To'qnashuv "Match TV" telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi. Undan oldin esa soat 01:00 da Povetkin - Fyuri jangini tomosha qilish mumkin bo'ladi. 

Nig'monxo'ja Nozimov tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing