24 iyu 18:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko - Lopes jangi nima uchun muxlislar bilan o'tishi kerak?
Engil vazn toifasida jahon chempionlari - Vasiliy Lomachenko va Teofimo Lopes o'rtasidagi birlashtiruvchi chempionlik jangida muxlislar bo'lishi kerak.
Buning sababini mashhur promouter Bob Arum tushuntirib berdi.
"Bizga muxlislar kerak. Lopes va Lomachenko jangining chipta narxlari baland bo'ladi. Nega muxlislar kerak? Sababi har ikki bokschining ham gonorari yuqori, shuning uchun ham bizga qaerdandir qo'shimcha daromad bo'lishi shart", - dedi Arum.
Eslatib o'tamiz, Lomachenko va Lopes o'rtasidagi jang katta ehtimol bilan sentyabr oyida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar