24 mar 16:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko MakGregor va Meyvezer o'rtasidagi jangni tomosha qilishni istaydi
Boks bo'yicha jahon chempioni Vasiliy Lomachenko Konor MakGregor bilan bo'ladigan jang haqidagi gaplari hazil bo'lganini aytib o'tdi.
"Mening Konor bilan jang qilishim haqidagi taklifim hazil edi. Agar bu sparring amalga oshadigan bo'lsa bu Konor uchun yaxshi bo'lardi, men uchun esa yo'q.
Men va MakGregor MMAda? Yo'q, faqat boks. U UFCa eng zo'ri. Men esa bokschiman, kurashchi ham emas, kikbokschi ham emas.
MakGregor - Meyvezer jangini qiziqish bilan tomosha qilgan bo'lardim. Biroq, g'olib nomi hozirdanoq malum. Boksni tushunadigan odam ushbu jangda kim bo'lishini juda yaxshi biladi. Lekin, bu to'qnashuv qiziq bo'ladi", - deydi ukrainalik bokschi.
Havola :
Manba : ESNEWS
Fikrlar