05 avg 13:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko - Marriaga. Vazn o'lchash marosimi bo'lib o'tdi
Ertaga ukrainalik Vasiliy Lomachenko chempionlik kamarini kolumbiyalik Migel Marriagadan himoya qiladi.
Ushbu jang oldidan kecha bokschilar ishtirokida vazn o'lchash marosimi tashkil qilindi.
WBO yo'naligi ikkinchi engil vazn toifasidagi jahon chempioni Vasiliy Lomachenkoning vazni 59 kg ni tashkil qildi. Marriaga esa 58,9 kg tosh bosdi.
Eslatib o'tamiz, mazkur jang 6 avgust kuni tongda, Toshkent vaqti bilan soat 07:00da bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar