09 iyu 18:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko mutlaq jahon chempionligi uchun mashg'ulotlarni boshladi
Engil vazn toifasida WBC Franchise, WBO, WBA kamarlari sohibi Vasiliy Lomachenko IBF chempioni Teofimo Lopesga qarshi jangga tayyorgarlikni boshladi.
Kechadan boshlab ukrainalik chempion rasman jang uchun mashg'ulotlarni boshlagan. Bu haqida uning menejeri Egis Klimas malum qildi. Mashg'ulotlarning dastlabki qismi Ukrainada, asosiy qismi esa okean ortida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, Vasiliy mutlaq jahon chempionligini uchun sentyabr oyida Teofimo Lopesga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar