27 avg 12:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Lomachenko qachon faoliyatini yakunlashini malum qildi
Engil vazn toifasida WBA, WBO kamarlari sohibi Vasiliy Lomachenko yaqin uch yilda faoliyatini yakunlashi mumkinligini aytdi.
"Men Usikka o'xshab 37-38 yoshimga qadar ringda bo'lmayman. Engil vaznda 37 yoshda ham top darajada jang qilish imkonsiz, sababi tezliging juda ham sekinlashib ketadi. Men hozirda 32 yoshdaman. SHunday ekan yana ikki-uch yildan so'ng tugatsam ham bo'ladi”,-dedi Vasiliy.
Eslatib o'tamiz, Lomachenko navbatdagi jangini vakant bo'lib turgan WBC kamari uchun Lyuk Kempbellga qarshi o'tkazadi. Jang 31 avgust kuni Londondagi O2 arenasida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : iSport
Fikrlar