26 iyu 13:00
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/16441_220.jpg)
Lomachenko Rigondoga "g'olib barchasiga ega bo'ladi" sharti bilan jang taklif qildi
WBO yo'nalishining birinchi engil vazn toifasida jahon chempioni hisoblanadigan Vasiliy Lomachenko kubalik Gilermo Rigondoga g'olib barcha gonorarni oladigan jang taklif qildi.
"Erkak bo'l. Sening menejer va promoutering biz bilan aloqaga chiqsin. Mening shartim shunday: jang uchun atalgan barcha gonorarni o'rtaga qo'yamiz. G'olib chiqqan barcha pullarga ega bo'ladi", - deya Rigondoga murojat qilgan Lomachenko.
Eslatib o'tamiz, Lomachenko 5 avgust kuni kamarini himoya qilishi lozim. Unga o'sha kungi jangda Migel Marriaga raqiblik qiladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar