19 avg 10:16
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/81844_220.jpg)
Lomachenko va Kempbell majburiy ravishda taroziga chiqishdi FOTO
Ukrainalik jahon chempioni Vasiliy Lomachenko hamda britaniyalik bokschi Lyuk Kempbell jangga ikki hafta qolgan bir paytda majburiy tarzda tarozidan o'tish marosimida ishtirok etishdi.
Lomachenko ayni paytda engil vaznda WBA va WBO yo'nalishlari chempioni bo'lib turibdi. Kempbellga qarshi jang ushbu vaznda vakant, yani egasiz bo'lib qolgan WBC chempionlik kamari uchun kechadi.
Jangga ikki hafta qolgan bir paytda ukrainalik jahon chempioni raqibidan yarim kilogrammga engilroq ekani oydinlashdi. Lomachenko 62,78 kg, Kempbell esa 64,27 kg tosh bosdi. Ikkala bokschi ham ikki haftada bir xil – 2,7 kg vazn tashlashgan.
Eslatib o'tamiz, Vasiliy Lomachenko va Lyuk Kempbell o'rtasidagi chempionlik jangi 31 avgust kuni London shahridagi O2 arenada bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar